O‘zA O`zbek

09.09.2019 Chop etish versiyasi

Suriya chegaralarida Turkiya harbiy texnikalari paydo bo‘lmoqda

Suriya chegaralarida Turkiya harbiy texnikalari paydo bo‘lmoqda

Turkiya qurolli kuchlari o‘z zirhli harbiy texnikalarini Suriya bilan cheraga hududiga ko‘chirishda davom etmoqda.

Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotlariga tayanib Anadolu Ajansi agentligi xabar qiladi.

Harbiy mahkama ma’lumotiga qaraganda, zirhli harbiy texnika karvoni Aqchaqala tumanidagi Shanliurfa hududi tomon harakatlanmoqda.

REGNUM xabarida, avvalroq, AQSh va Turkiya suriya-turk chegara hududida hamkorlikdagi xavfsizlik hududini barpo etishga kelishib olgani eslatilgan.

429
O‘zA