Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.04.2018 15:00 Chop etish versiyasi

Suriya borasida Turkiya hamkorlikdan voz kechmaydi, agar...

Suriya borasida Turkiya hamkorlikdan voz kechmaydi, agar... Suriyadagi vaziyatni izga solishda yordam bersa, Turkiya Rossiya va Eron bilan hamkorlikdan voz kechmaydi.

Bu haqda Turkiya bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bozdag bayonot berdi, deb yozadi RIA Novosti.

Avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron shanba kuni AQSh va uning ittifoqchilari Suriyaga yo‘llagan raketalar zarbasi Rossiya va Turkiyani bir-biridan ajratgani haqida fikr bildirgan edi. Chunki Turkiya tomoni bu hujumdan qanoatlanganini ma’lum qilgandi. Rossiya esa AQSh va uning ittifoqchilari qo‘llagan chorani keskin qoraladi.

“Bizning siyosatimiz faqat to‘g‘ri yo‘lga xizmat qiladi. Shunday ekan, kim haqiqat tarafida bo‘lsa, biz ham uning tomonidamiz. Mamlakatimizning Suriya borasidagi siyosatga to‘g‘ri kelsa, biz AQSh, Rossiya va Eron bilan ham hamkorlik qilaveramiz“, degan Bozdag NTV telekanali efirida, Makronning fikrlariga javoban.

Shuningdek, Bozdag Turkiya Suriya masalasida mustaqil siyosatga egaligi va u AQSh, Rossiya va Eron qarashlaridan farq qilishini qo‘shimcha qilgan.

Malohat Husanova, O‘zA
2 666