Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.01.2018 20:55 Chop etish versiyasi

Stokgolmda metro bekati yaqinida portlash sodir bo‘ldi


Stokgolmning Xudding tumanidagi “Vorbyu” metro bekati yonida portlash yuz berdi. Bu haqda Shvetsiya politsiyasiga tayangan holda TT axborot agentligi xabar bermoqda.

Portlash yuz bergan vaqtda metro bekati atrofida 60 yoshli erkak va uning 45 yoshli umr yo‘ldoshi bo‘lgan. Jabrlanganlar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shunga qaramasdan 60 yoshli erkak shifoxonada vafot etgan.

“Voqea oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Vafot etgan shaxsning umr yo‘ldoshi ayni paytda yuzi va oyoqlaridagi jarohat sabab shifoxonada qolmoqda”, deydi politsiya vakili Sven-Erik Ulsson STV kanaliga bergan intervyusida.

Portlash sodir etilgani haqidagi xabar politsiyaga tomonidan mahalliy vaqt bilan 13:07 da qayd etilgan. Ayni paytda voqea joyi huquq-tartibot xodimlari tomonidan o‘rab olingan. Politsiya dastlabki qidiruv natijalariga ko‘ra, portlashni qotillik yoki jamoat xavfsizligiga tahdid deya baholamoqda. 

O‘zA
2 299