Sovuq tufayli maktablarda darslar bekor qilindi
Sharqiy va shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida maktablarning 1-sinfidan 11-sinfigacha oʻquvchilar uchun darslar bekor qilindi.
Sharqiy va shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida maktablarning 1-sinfidan 11-sinfigacha oʻquvchilar uchun darslar bekor qilindi.
Ostonada 8 fevral kuni birinchi smenadagi oʻquvchilar, kollejlarning birinchi kurs talabalari uchun darslar boʻlmadi. Bunga Qozogʻistonning shimoliy va markaziy mintaqalarida kuzatilayotgan kuchli sovuqlar sabab boʻldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli avtomobil trassalari berkitildi.
“Kazaxavtodor” korxonasining maʼlum qilishicha, Pavlodar viloyatidagi yoʻllar yopildi. Shuningdek, Ostonadan barcha yoʻnalishlar boʻyicha yoʻllar ham berkitildi. Sharqiy Qozogʻiston, Oqmola va Shimoliy Qozogʻiston viloyatlarida jamoat va dizel avtotransport harakati toʻxtatildi.
Hafta boshlarida ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Yuriy Ilin haroratning keskin tushib ketishi, qor yogʻishi, boʻron boʻlishidan ogohlantirgan edi.
Kazgidromet 10 ta viloyatda kuchli sovuq va boʻronlar boʻlishidan ogohlantirdi.