Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi.

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bugun rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi. Bu haqda «Kabar» Qirg‘iziston milliy axborot agentligi xabar tarqatdi.

Dushanbe xalqaro aeroportida Sooronbay Jeenbekovni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda kutib olgan.

Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan.

Ikki kunlik tashrif doirasida Qirg‘iziston Prezidenti Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon bilan tor va kengaytirilgan tarkibda uchrashuvlar o‘tkazishi hamda qator hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan. Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qiladi.

Sooronbay Jeenbekov, shuningdek, Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri va Tojikiston parlamenti quyi palatasi – Majlisi namoyandagon Majlisi Oli raisi Shukurjon Zuxurov bilan uchrashadi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sooronbay Jeenbekov rasmiy tashrif bilan Tojikistonga keldi