O‘zA O`zbek

12.04.2018 08:35 Chop etish versiyasi

Sirligicha qolayotgan sirlar

Dunyoning yetti mo‘jizasidan biri deya e’tirof etilgan Misr ehromlarini ko‘rishni, tomosha qilishni istamagan kishi bo‘lmasa kerak. Qadimgi misrliklar ehromlarni osmonga chiqish uchun narvon vazifasini o‘taydi, deya ishonishar edi. Chunki ehromlarni o‘zini “xoloskor” deb tanitgan fir’avnlar qurdirgan.

To‘rtinchi sulolaning ikkinchi fir’avniga tegishli Keops ehromi vazni 2515000 m3 bo‘lib, balandligi 147 metrdir. Bu ehromning qurilishi 20 yil davom etib, 100 ming nafar ishchi yollangan. Eng yengil tosh 20, ba’zilari esa 30 tonna bo‘lgan bunday xarsanglar qanday ustma-ust qo‘yilgani, tepalikka nima bilan olib chiqilgani va bu inshoot qay tarzda bunyod etilgani hanuz jumboqligicha qolmoqda

Lekin bir narsa aniqki, yollangan 10 minglab ishchilar kuchidan bu ishlarni bajarishda shafqatsizlarcha foydalangan fir’avnlar o‘zini tangri, deya da’vo qilgan.

Ayrim ehromlar ichida kuzatiladigan holatlar chindan-da ajablanarli. Ehrom ichiga quyosh nuri yoki shu’la tushmaydi. Lekin uning ichiga qo‘yilgan sut qatiqqa, suvning losonga aylanishi, lezviyalarning o‘z-o‘zidan o‘tkir bo‘lib qolishi – jumboq.

Fir’avn qabriga bir yilda ikki marta (tug‘ilgan va taxtga o‘tirgan kunlar) quyosh nuri tushishi, ehromlar ichida radiatsion nurlar bo‘lmasa-da, aloqa vositalari ishlamasligi kabi siru sinoatlar bu yerga sayyohlarning qadami uzilmasligini ta’minlaydi.

Tolibjon Nizomov, jurnalist
4 223