O‘zA O`zbek

28.03.2020 Chop etish versiyasi

Singapurda koronavirus tufayli xalqaro konferensiya bekor qilindi

Singapurda koronavirus tufayli xalqaro konferensiya bekor qilindi
Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) hamda Singapur hukumati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida xavfsizlik masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyasini chaqirmaslikka qaror qildi. “Shangri-la Dialog“ deb ataladigan ushbu xalqaro anjuman shu yilning iyul oyida Singapurda boʻlib oʻtishi kerak edi, deb xabar beradi mazkur institut.

“COVID-19 global pandemiyasi bilan bogʻliq jiddiy muammo sabab IISS Singapur hukumati bilan maslahatlashgan holda “Shangri-La Dialog“ anjumanini 2020-yilda chaqirmaslikka qaror qildi“, — deyiladi mazkur bayonotda.

Institutning maʼlum qilishicha, konferensiyani 2021-yilda oʻtkazishga tayyorgarlik ishlari yaqin vaqtlarda boshlanishi kerak.

Xavfsizlik boʻyicha “Shangri-La Dialog“ konferensiyasi 2002-yildan buyon har yili Singapurda oʻtkazib kelinadi. 2020-yilgi konferensiyada dunyoning 40 dan ziyod davlatlari vakillari ishtirok etishi kerak edi, deyiladi IISS tarqatgan bayonotda.

1 127
OʻzA