O‘zA O`zbek

04.06.2020 Chop etish versiyasi

Shvetsiya hukumati COVID-19 tarqalishi tufayli xalq ishonchini yoʻqotmoqda

Shvetsiya hukumati COVID-19 tarqalishi tufayli xalq ishonchini yoʻqotmoqda

Shvetsiyada hukumat hamda koronavirusga qarshi kurashga masʼul boʻlgan tashkilotlarga nisbatan xalq ishonchi may oyida keskin tushib ketdi. Novus ijtimoiy soʻrov agentligi hamda SVT telekanali oʻtkazgan tadqiqot natijasida ana shunday xulosa qilindi.

Shvetsiya hukumati boshqa koʻplab mamlakatlarning hukumatlariga oʻxshab koronavirus infeksiyasi tufayli mamlakatda qatʼiy karantin choralarini joriy qilmadi.

Mamlakatda bolalar bogʻchalari, boshlangʻich taʼlim maskanlari, restoranlar va fitnes-markazlar ishlab turdi. Bugunga kelib esa, Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 40 ming kishiga yetdi, oʻlim holatlarining qayd etilishi 4,5 mingdan oshdi.

"Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, krizisga qarshi kurashda aholining hukumatga ishonchi apreldagi 63 foizdan, may oyiga kelib 45 foizgacha tushib ketgan.

Sogʻliqni saqlash tashkilotlariga boʻlgan ishonch ham 73 foizdan 65 foizgacha tushgan. Fuqaro mudofasi va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga boʻlgan ishonch esa 57 foizdan 48 foizgacha pastlagan”, deyiladi SVT telekanali saytida.

2 348
OʻzA