O‘zA O`zbek

01.06.2018 10:56 Chop etish versiyasi

Shimoliy va Janubiy Koreya rasmiylari yana muzokara o‘tkazmoqda

Shimoliy va Janubiy Koreya rasmiylari yana muzokara o‘tkazmoqda
Bugun betaraf hudud Pxanmunjonda Shimoliy va Janubiy Koreya davlatlari rasmiylarining muzokaralari boshlandi.

“Ryonxap”ning ma’lum qilishicha, muzokarada KXDR delegatsiyasi2000 yildagi Janub va Shimolning ilk tarixiy sammiti sharafiga va Keson shahrida ikki xalqning muloqot punktini ochishga bag‘ishlanganqo‘shma tadbirlarni o‘tkazishni taklif etgan.

Qayd etilishicha, hozirda muzokaraning birinchi qismi tugagan. Milliy birlashuv ishlari vaziri Cho Myon Gyun (Janubiy Koreya) va mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi raisi Li Son Gvon (Shimoliy Koreya) boshchiligidagi delegatsiyalarkunning ikkinchi yarmida yana uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Nyu-Yorkda AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo va KXDR Mehnat partiyasi raisi o‘rinborasiKim Yon Chxol o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, bugun Shimoliy Koreyaning rasmiy vakili Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Trampga Kim Chen Inning maktubini topshiradi.

Malohat Husanova, O‘zA
3 225