O‘zA O`zbek

27.08.2018 12:40 Chop etish versiyasi

Shimoliy Koreya yapon sayyohini ozod qilmoqchi

Shimoliy Koreya yapon sayyohini ozod qilmoqchi
Hukumat rasmiylarining maʻlumotiga koʻra, avgust oyi boshlarida hibsga olingan yapon fuqarosi Tomoyuki Sugimoto hukumat buyrugʻiga koʻra ozod etilishi kutilmoqda, deb xabar bermoqda BBC.

Sayohat maqsadida kelgan yapon fuqarosi mamlakat qonunchiligini buzganlikda ayblanayotgan edi.

Yaponiya hukumati ushbu masala ijobiy hal boʻlmaguncha Shimoliy Koreya bilan hech qanday hamkorlik amalga oshirilmasligini maʻlum qilgan.

Shimoliy Koreyada sayyohlarning oʻzboshimcha harakatlari yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilish holatlari koʻp uchraydi. Bu yerga keluvchi sayyohlar hukumat tomonidan muntazam ravishda jiddiy nazoratga olinadi.

Z.Mirzaboyeva, OʻzA
1 986