O‘zA O`zbek

26.05.2018 15:59 Chop etish versiyasi

Sharqiy G‘utada maktablar faoliyati tiklanmoqda

Sharqiy G‘utada maktablar faoliyati tiklanmoqda
Sharqiy G‘uta aholi punktlarida o‘rta maktablar ochildi, deb xabar bermoqda TASS.

Shahar va tumanlar jangarilardan ozod etilganidan so‘ng bu hududlarda boshlang‘ich va o‘rta maktablar faoliyat boshlagan. “Bolalar o‘qishni juda sog‘inishgan, ularga ta’lim berish va nimanidir o‘rgatish juda yoqimli. Men oldin Xarastada ishlaganman va bu yerga qaytishdan baxtiyorman” dedi, jurnalistlar bilan suhbatda, shahar ta’lim bo‘limi rahbari, Axmad Said Rustom.

Avvalroq, bu hududda vaziyat izga tushayotgaii haqida ma’lum qilingandi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu yerlar jangarilardan butunlay tozalangandan so‘ng 65 mingdan ortiq kishi o‘z uylariga qaytgan.

2 134