O‘zA O`zbek

23.08.2018 15:11 Chop etish versiyasi

“Shambala” filmini suratga olish ishlari boshlab yuborildi

“Shambala” filmini suratga olish ishlari boshlab yuborildi

Ushbu film “Oq kema” povesti asosida suratga olinadigan ikkinchi film boʻladi.

Qirgʻizistonda Chingiz Aytmatovning “Oq kema” povesti motivlari asosida “Shambala” filmini suratga olish ishlari boshlab yuborildi.

Kartina rejissyori Artiqpay Suyundukov film ssenariysiga bir necha yil mobaynida tayyorgarlik koʻrilganini, oʻz vaqtida povest muallifining shaxsan oʻzi ruxsat berganini va suratga olish uchun tavsiya qilganini maʻlum qildi.

“Shambala” lentasi Kemina, Baliqchi shaharlarida, shuningdek, Norin viloyatida suratga olinadi. Film premyerasi 2019-yilda boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

“Shambala” “Oq kema” povesti asosida suratga olinadigan ikkinchi film boʻladi. Povestning nomi asosidagi birinchi kartina 1976-yilda rejissyor Bolot Shamshiyev tomonidan suratga olingan edi.

OʻzA
1 543