“SCORPION” filmi PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi boʻlishi kutilmoqda
Rejissor Muhlisa Azizovaning “Scorpion” filmi joriy yilning noyabr oyida Toshkentda tashkil etiladigan PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi boʻlishi kutilmoqda.
Rejissor Muhlisa Azizovaning “Scorpion” filmi joriy yilning noyabr oyida Toshkentda tashkil etiladigan PROlogue Xalqaro kinofestivalining asosiy premyerasi boʻlishi kutilmoqda.
Kartina dekabr oyida katta ekranlarga chiqadi. Triller Toshkent, Buxoro, Sankt-Peterburg va Marokashda suratga olingan. Film Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekkino” MA, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi hamda Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan taqdim etilmoqda.
Yoshlar oʻrtasida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashishga daʼvat etuvchi filmda Farhod Mahmudov, Karim Mirhodiyev, Yulduz Rajabova, Raʼno Shodiyeva kabi taniqli aktyorlar ishtirok etishdi. Shuningdek, rollarda mashhur turkiyalik aktyor Murat Yildirim va rossiyalik aktyor Vyacheslav Razbegayev ishtirok etdi.
Film ssenariy muallifi Bob Andervud (AQSH), kartina operatori Maks Tsui (Germaniya). Ovoz ustida ishlash jarayoni “Mosfilm” kinokonserni mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi. Rang-tasvir esa Moskvaning “Color Kitchen” kompaniyasi hamkorligida olib borildi. Filmning ovoz dizayni ustida amerikalik ovoz rejissori Geri Burjua ishlagan.