O‘zA O`zbek

15.04.2019 09:23 Chop etish versiyasi

Saudiya Arabistoni Sudandagi muvaqqat harbiy kengashning ishini qoʻllab-quvvatlaydi

Saudiya Arabistoni Sudandagi muvaqqat harbiy kengashning ishini qoʻllab-quvvatlaydi

Saudiya Arabistoni Sudandagi muvaqqat harbiy kengashning ishi va rejalarini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Saudiya hukumati bayonotiga asoslanib Al Arabia xabar beradi.

Bayonotda “qardosh mamlakatdagi voqealar kuzatib turilgani, xavfsizlik va barqarorlik tezda tiklanishidan umid qilinayotgani” ham aytilgan. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni Sudanga tibbiy dori-darmonlar, yoqilgʻi va don yetkazib berish bilan bogʻliq koʻmak koʻrsatishga qaror qilgan.

OʻzA
469