O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Saudiya Arabistoni Ar-Riyodni rivojlantirish uchun 22 milliard dollar sarflaydi

Saudiya Arabistoni Ar-Riyodni rivojlantirish uchun 22 milliard dollar sarflaydi

Saudiya Arabistoni qiroli Ar-Riyodni rivojlantirish uchun 82 milliard rial (taxminan 22 milliard AQSH dollari) qiymatidagi loyihalarni amalga oshirishga start berdi, deb xabar bermoqda SPA Saudiya yangiliklar agentligi maʼlumotiga tayanib RIA Novosti.

Agentlik bu mablagʻlar evaziga aynan qanday loyihalar amalga oshirilishga oydinlik kiritmagan.

Marosimda qirollik iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi bir qancha islohotlar tashabbuskori, Saudiya Arabistoni Iqtisodiyot kengashi rahbari voris shahzoda Muhammad bin Salmon ham ishtirok etgan. 

1 145
OʻzA