O‘zA O`zbek

04.10.2018 10:11:03 Chop etish versiyasi

Sanksiyaviy harakatlarni toʻxtatish talab qilindi


BMT Xalqaro sudi AQSHdan Eronga nisbatan sanksiyaviy saʼy-harakatlarni toʻxtatishni talab qildi. 

Bu bilan Eronning AQSH ustidan qilgan daʼvosi qisman qoniqtirildi. Qaror mazkur instansiya saytida eʼlon qilingan boʻlib, sudyalar bu borada yakdil fikr bildirgan. 

Bunda Eronga nisbatan insonparvarlik yordami va Eron aviatsiyasiga cheklovlar nazarda tutilgan. AQSHga nisbatan bu chora-tadbirlar ikki davlat orasidagi ziddiyatlarning yechim topishi muddatiga koʻra vaqtincha ekani ham qayd etilgan.