O‘zA O`zbek

09.01.2018 11:13 Chop etish versiyasi

Sahroi Kabirda yana qor yog‘di

Sahroi Kabirda yana qor yog‘di Sahroi Kabirda ketma-ket ikkinchi yil qor yog‘ishi qayd etildi. Bu haqda Jazoirning “TSA” gazetasi xabar qildi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, qor yakshanba kuni ertalab Jazoir shimolidagi Ayn-Sefr shahriga yoqqan. Qor qalinligi 40 santimetrgacha yetgan, lekin kechga yaqin erib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 37 yilda cho‘lga to‘rt marta qor yoqqan. Qor oxirgi marta Sahroi Kabirga 2017-yilda yoqqandi.

O‘zA
12 008