O‘zA O`zbek

22.06.2020 Chop etish versiyasi

Rossiyada tayyorlangan vaksina qancha vaqt amal qiladi?

Rossiyada tayyorlangan vaksina qancha vaqt amal qiladi?

Rossiya mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlangan vaksina insonni ikki yilgacha koronavirusdan asraydi, dedi Gamalei nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya milliy tadqiqot markazi direktori Aleksandr Ginsburg.

Markazning mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda tayyorlagan vaksinasi Burdenko kasalxonasida 18 ta koʻngillilarda klinik sinovdan oʻtkazilmoqda. Sinovni iyulning oxirida nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

“Vaksina tanaga ikki marta yuboriladi. Ushbu vaksinani buster variantida (kuchaytirilgan) qabul qilgan odam ikki yil, ehtimol undan ham uzoq muddat koronavirusga chalinish ehtimolidan himoyalangan boʻladi”, - dedi u.

Vrachning taʼkidlashicha, preparatning bunday uzoq muddat taʼsir qilishi Afrika Gvineyada Ebola virusiga qarshi vaksina ustidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida isbotlandi.

2 004
OʻzA