O‘zA O`zbek

22.09.2020 Chop etish versiyasi

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari oʻtkaziladi

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari oʻtkaziladi

Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari oʻtkazilishini maʼqulladi.

Chumakov markazi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur vaksina sinovida uch mingdan ortiq koʻngillilar ishtirok etadi, deyiladi vazirlikning matbuot xizmati xabarida.

Taʼkidlanishicha, ishtirokchilarning bunday miqdori Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.

Ishlanma mualliflari sinovlarni shu yilning noyabrida yakunlashni moʻljallagan.

Dori vositasining klinik sinovlari Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda oʻtkaziladi. Sinov ishtirokchilari vaksinatsiyadan soʻng 16 kunlik cheklangan muhitda boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Rossiyadagi “Sputnik V” nomli birinchi vaksina avgustda roʻyxatdan oʻtkazilgandi.

2 290
O'zA