O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Rossiyada Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Parad boʻlib oʻtmoqda

Rossiyada Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan Parad boʻlib oʻtmoqda
Bugun Rossiyaning koʻplab shaharlarida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga bayram tadbirlari hamda tantanali yurishlar boʻlib oʻtmoqda.

Mamlakatning 28 mintaqasida, jumladan, qahramon shaharlarda tantanalar munosabati bilan harbiy parad uyushtirilgan.

Koʻp hududlarda pandemiya sharoitida mahalliy hukumat tantanali yurishlarni bekor qilish yoki tamoshabinlarsiz oʻtkazishga qaror qildi.

26-may kuni RF prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan kengashib, Gʻalaba paradi 24-iyunda boʻlishini eʼlon qilgandi. Sababi, 1945-yil xuddi shu kuni tarixiy Gʻalaba Paradi boʻlib oʻtgan. Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etish uchun koʻplab xorijiy davlatlar rahbarlari, jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Moskvaga tashrif buyurdi. Shuningdek, tantanalarda Abxaziya prezidenti Aslan Bjaniya, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Moldova prezidenti Igor Dodon, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko va boshqalar hozir boʻlishadi.

Bundan tashqari, Bosniya va Gersegovina Prezidiumi serblar guruhi aʼzosi Milorad Dodik, Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Janubiy Osetiya prezidenti Anatoliy Bibilovlarning ham tashrifi kutilmoqda.

RF poytaxti Moskvadagi Gʻalaba paradida taxminan 14 ming harbiy xizmatchi ishtirok etadi. Qizil maydon ustidan 75 ta samolyot va vertolyot uchib oʻtadi. Piyodalar va texnikalarning tantanali oʻtishi bir yarim soatga choʻziladi.

2 420
OʻzA