O‘zA O`zbek

14.03.2018 11:29:34 Chop etish versiyasi

Rossiyada byudjet sohasi xodimlari maoshi oshdi

Rossiyada yil boshidan beri byudjet sohasi xodimlari – shifokorlar, oliy ta’lim dargohi o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarning maoshlari bir necha barobar oshdi. Ayrim hollarda oylik maoshlar besh barobar oshgani haqida gap bormoqda.

Masalan, Moskvadagi Botkin nomli klinik shifoxona xodimlarining maoshi ikki barobar oshirildi. Bu haqda shifoxona xodimlari RBKga ma’lum qilishdi.Oylik maoshlar ikki-uch barobar oshgani haqida Gelmgols nomli ko‘z kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining shifokorlari ham ma’lum qildilar. Tahlilchilarning ma’lum qilishicha, gap bu yerda “may farmonlari”ning bajarilishi haqida bormoqda, unga ko‘ra 2018-yilda shifokorlar, Oliy ta’lim dargohlarning o‘qituvchilari va ilmiy xodimlarining maoshlari mintaqa bo‘yicha o‘rtacha 200 foizni tashkil qilishi kerak.

2012-yilning may oyida Vladimir Putin Rossiya prezidenti lavozimiga kirishar ekan 11 ta hujjatga imzo chekkan edi. Bu hujjatlar “may farmonlari” deya ataladi. Bu farmonlar rossiyaliklarning, jumladan shifokor va o‘qituvchilarning turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Dekabr oyida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Putin farmonlar 94 foizga bajarilganini ma’lum qildi.