O‘zA O`zbek

12.02.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qatʼiy choralar koʻrishga kelishib oldi

Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qatʼiy choralar koʻrishga kelishib oldi Rossiya va Turkiya Idlibdagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha “qatʼiy choralar” koʻrishga qaror qildi. Ayni damda Turkiyaning shimoli-gʻarbiy chegarasida turk harbiylari mintaqani nazorat qilishni davom ettirmoqda.

Dushanba kuni Anqarada Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va uning Turkiyadagi hamkasbi Hulusi Akar oʻrtasida muzokaralar olib borilgandan soʻng eʼlon qilingan qoʻshma bayonotda harbiy harakatlar qanday amalga oshirilishi haqida maʼlumot berilmagan.

Turkiya, Rossiya va Suriya hukumatining boshqa xorijiy hamkorlari sentyabr oyida Idlib shahrida qurollardan holi hudud yaratish uchun barcha qurol-yarogʻ va jangchilarni evakuatsiya qilish uchun kelishib oldi.

Anqara, mintaqada oʻz faoliyatini kengaytirishga davom etayotgan Hayyat Tahrir ash-Sham qurolli guruhini qurolsizlantirish va yakson qilishga vaʼda berdi.

Rossiya tashqi ishlar vazirligining matbuot kotibi Mariya Zaxarova oʻtgan hafta Idlibdagi vaziyat tezda yomonlashib borayotganini va Hayyat Tahrir ash-Sham butun hududni harbiy jihatdan egallab olishga urinayotganligini aytgan.

1 064
OʻzA