O‘zA O`zbek

18.02.2020 Chop etish versiyasi

Rossiya – Ukraina: asirlar va ushlab turilgan shaxslar ayirboshlanadi

Rossiya – Ukraina: asirlar va ushlab turilgan shaxslar ayirboshlanadi

Ukraina tashqi ishlar vaziri Vadim Pristayko Rossiya bilan aprel oyida o‘tishi rejalashtirilayotgan navbatdagi sammitga qadar asirlar va ushlab turilgan shaxslarni ayirboshlash borasidagi rejani e’lon qildi.
Bu haqda Pristayko Ukrainaning “ICTV” telekanalida ma’lum qildi.

14 fevral kuni Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon orqali suhbatda asirlarni ayirboshlash masalasini muhokama qildilar.

Ukraina tomonning xabar qilishicha, muloqotda vaqtincha okkupatsiya qilingan Donbass va Qrimda, shuningdek Rossiyada ushlab turilganlarni ozod qilish masalasi muhokama qilingan.

Ukraina sharqidagi mojarolarni barqarorlashtirishga qaratilgan “normand format“idagi uchrashuv aprelda Berlinda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Yaqinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainani kelishuvlarni bajarmayotganlikda ayblab, navbatdagi sammit bahorda bo‘lib o‘tishini shubha ostida ekanligini ta’kidlagan edi.

2 272
O‘zA