O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya–Turkiya: o‘zaro hisob-kitoblar ikki davlat milliy valyutasida amalga oshiriladi

Rossiya–Turkiya: o‘zaro hisob-kitoblar ikki davlat milliy valyutasida amalga oshiriladi

Moskva va Anqara o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni imzoladi.

“TASS“ xabariga ko‘ra, Rossiya moliya vazirligi rasmiy sayti ma’lumotida mazkur kelishuv mamlakat moliya vaziri Anton Siluanov va Turkiya g‘aznachilik va moliya vaziri Berat Albayrak tomonidan imzolangani aytilgan.

Ta’kidlanishicha, hujjat banklararo hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga, ikki davlat munosabatlaridagi izchillikni ta’minlashga xizmat qiladi.

425
O‘zA