O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya temir yo‘l qurishda Qirg‘iziston bilan hamkorlik qiladi

Rossiya temir yo‘l qurishda Qirg‘iziston bilan hamkorlik qiladi

Qirg‘iziston Rossiya bilan hamkorlikda “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishining texnik-iqtisodiy asoslari (TIA)ni ishlab chiqdi. Bu haqda “Kыrgыz temir jolu” MK” davlat korxonasining temir yo‘l qurilishi va loyihalashtirish direksiyasi rahbari Jamshitbek Kalilov ma’lum qildi.

“Rossiya bilan hamkorlikda TIA ishlab chiqildi. Yo‘l qaerdan o‘tishi, qurilish bilan bir vaqtda qaysi konlar o‘zlashtirilishi va boshqalar belgilandi. Rossiya moliyalashtirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zbekistonda bo‘ldim, ular ham yordam berishga va’da berishdi”, - dedi Kalilov.

“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi borasidagi tashabbus 2000-yillarda ilgari surilgan, ammo shundan beri hayotga tatbiq etilmay keladi. 2002 yilda Pekin bo‘lajak yo‘lning TIAsini aniqlashtirib oldi va uning yo‘nalishini belgiladi. Bu g‘oyaga ko‘ra Torugart dovonidan o‘tadigan yo‘l Arpa djayloo (yaylovi) orqali o‘tishi, keyin esa Uzgen tumani orqali Qorasuv shahriga va u yerdan O‘zbekistonga o‘tib ketishi kerak bo‘lardi. Temir yo‘lning umumiy uzunligi 268 kilometrni tashkil qilishi kerak edi. 

2017 yilda “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” yo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama ishchi guruhi tuzildi, hamda uchta turli variant ko‘rib chiqilayotgani ma’lum qilindi. 

389
O‘zA