O‘zA O`zbek

17.02.2020 Chop etish versiyasi

Rossiya ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi

Rossiya ta’lim muassasalari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bepul ovqat bilan ta’minlanadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat maktablaridagi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul issiq ovqat bilan ta’minlash g‘oyasi dastlab ko‘pchilik tomonidan ma’qullanmaganini aytdi.

“TASS” xabariga ko‘ra, Putin: “Hammasi jo‘ngina bo‘lgani yo‘q. Bunga hamma qarshi edi”, deb ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, Putin federal yig‘ilishga murojaatida birinchidan to‘rtinchi sinfgacha barcha o‘quvchilarni sifatli issiq ovqat bilan ta’minlanishini taklif qilgandi.

Bu tartib Rossiyada 2023 yil 1 sentyabridan joriy qilinishi belgilangan.

2 178
O‘zA