O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya Suriya nefti bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilmaydi

Rossiya Suriya nefti bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilmaydi
Rossiya Suriya nefti bo‘yicha AQSh bilan hamkorlik qilmaydi, bu neft Suriya xalqining boyligi va u suriyaliklar ixtiyoriga ko‘ra idora qilinishi lozim.

Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin shunday fikrni aytib, jurnalistlarga “Biz bu masala, neft masalasida AQSh bilan hamkorlik qilmaymiz. Ishonamizki, Suriya o‘z tabiiy boyliklariga, jumladan, neftga ham o‘zi egalik qiladi”, deb ta’kidladi.

Avvalroq, “Assoshieyted Press” agentligi AQSh Prezidenti Donald Tramp Suriya sharqidagi neft konlari xavfsizligi ta’minlanishi bo‘yicha chora tadbirlarni ma’qullaganini ma’lum qilgandi.

371
O‘zA