03.10.2018 Chop etish versiyasi
Rossiya sanksiyalarga qaramasdan Eron bilan hamkorlikni davom ettiradi

“Bizning uzoq yillik iqtisodiy sherigimiz hisoblangan Eron bilan hamkorlikni davom ettirish mamlakatimiz uchun juda muhim va biz yana yangi loyihalarni amalga oshirish istagidamiz”, degan Aleksandr Novak
Shuningdek, Aleksandr Novak Eron Neft vaziri Bijan Namdar Zangeneh bilan muzokaralar oʻtkazishi haqida aytib oʻtgan.
Maʼlumot uchun: 2018 yil may oyida AQSH prezidenti Donald Tramp Vashingtonning Eron yadroviy dasturiga oid, yaʼni Eron yadroviy qurollardan voz kechishi lozimligini belgilovchi qarorini eʼlon qilgan edi. Ammo Eron yadro quroldan voz kechmadi. Shundan soʻng Qoʻshma Shtatlar prezidenti Eronga nisbatan sobiq sanksiyalarni qayta tiklashi va yangilarini kiritishi haqida ogohlantirgandi.
Nihoyat shu yilning 7 avgust kuni Eronning avtomobil sektori, oltin savdosi va metallarni qayta ishlash sanoatiga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilindi. Eronning neft daromadlarini nolga kamaytirishga qaratilgan sanksiyalar 4 noyabrdan kuchga kiradi.
2 456
OʻzA