O‘zA O`zbek

03.10.2018 Chop etish versiyasi

Rossiya S-300 raketalarini Suriyaga yetkazib beradi

Rossiya S-300 raketalarini Suriyaga yetkazib beradi Rossiya mudofaa vazirligi Suriyaga S-300 raketalarini yetkazib berish boʻyicha tayyorlangan video rolik chorshanba kuni Rossiya 24 va “Zvezda” telekanallari orqali eʼlon qilindi, deyiladi TACC axborot agentligi keltirgan maʼlumotlarda.

Lavhada Rossiya mudofaa vazirligining An-124-100 “Ruslan“ deb nomlanuvchi samolyotidan Xmeymim havo bazasida S-300 havo mudofaa sistemasining tushirilish jarayoni aks etgan.

2 oktyabr kuni Xavfsizlik kengashi aʼzolari bilan uchrashuvda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Prezident Vladimir Putinga Rossiya harbiylarining xavfsizligini taʼminlash maqsadida 49 ta S-300 havo mudofaasi tizimini yetkazib berilishi haqida maʼlum qildi.

Shoygu, 24 sentyabr kuni Suriyadagi Il-20 samolyotlari ekipajining Isroil havo kuchlari hujumi tufayli halok boʻlishi Moskvani qoʻshimcha xavfsizlik choralarini qoʻllashga majbur qilganini taʼkidlab oʻtdi.

3 091
OʻzA