O‘zA O`zbek

19.09.2020 Chop etish versiyasi

Rossiya qator davlatlar bilan aviaparvozlarini tiklaydi

Rossiya qator davlatlar bilan aviaparvozlarini tiklaydi

Rossiya 21-sentyabrdan Belarus, Qozogʻiston va Qirgʻiziston bilan oʻzaro aviaparvozlarni tiklaydi, shuningdek, mamlakatdan yuk olib ketuvchi samolyotlar parvozini taqiqlaydi.

Parvoz yoʻnalishlarining tiklanishi tomonlarning oʻzaro kelishuvlariga asosan amalga oshiriladi, deyiladi “RIA Novosti” xabarida.

Lekin mazkur uch davlat bilan aviaparvozlar haftasiga bir marta amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Shuningdek, tezkor shtab maʼlumotiga koʻra, Rossiya 27-sentyabrdan Janubiy Koreya bilan parvozlarni tiklashi va bunda ham parvozlar haftasiga bir marta boʻlishi nazarda tutilgan.

3 100
O'zA