O‘zA O`zbek

31.01.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya jahon internet tarmogʻidan uzib qoʻyilishi mumkin

Rossiya jahon internet tarmogʻidan uzib qoʻyilishi mumkin Rossiya Davlat Dumasida antirossiya sanksiyalari va Rossiyaning Gʻarb bilan munosabatlari sovuqlashgani sababli mamlakat jahon internet tarmogʻidan uzib qoʻyilishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda. Bu haqda Davlat Dumasining axborot siyosati, axborot texnologiyalari va aloqa qoʻmitasi raisi Leonid Levinning Interfaks agentligiga bergan intervyusiga tayanib RIA-NOVOSTI xabar bergan.

Bunga qarshi chora-tadbirlar sifatida hukumat trafiklar yoʻnalishining milliy tizimini ishlab chiqmoqda. Tizim jahon internet tarmogʻidan uzilgan taqdirda davlat resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Rossiya IT kompaniyalari buni amalga oshirish imkoniga ega boʻldi. Shu sabab jahon internet tarmogʻidan uzilish gʻoyasini Rossiyaning oʻzi ham ilgari surishi mumkin.

Jahon internet tarmogʻidan uzilish qanchaga tushadi?

Mail.ru Hi-Techning maxsus kalulyatori jahon internet tarmogʻidan uzilish Rossiyaga 20 milliard rublga tushishini hisobladi. Mamlakat yirik servislar faoliyatining toʻxtashiga yoki internet tarmogʻidan butunlay uzilishga asta-sekinlik bilan moslashadi. Ilk bosqichda bu nafaqat ijtimoiy sohaga, balki iqtisodga ham jiddiy taʼsir koʻrsatadi.



1 194
G.Azimova, OʻzA