O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Rossiya fuqaroligini oluvchilar soni har yili 15 foizga ko‘paymoqda

Rossiya fuqaroligini oluvchilar soni har yili 15 foizga ko‘paymoqda

Rossiya Federal Migratsiya xizmatining Tojikistondagi vakolatxonasi oldidagi uzundan uzun navbatlar Dushanbe aholisi uchun odatiy xolga aylanib bo‘ldi. Bu yerda Tojikiston fuqarolari Rossiyaga borish uchun ariza berishadi va suhbatdan o‘tishadi.

Shu yil boshidan beri Rossiya fuqaroligini olish va bu mamlakatda doimiy yashash uchun ko‘chib ketish borasida 9 mingdan ortiq Tojikiston fuqarosi ariza berdi. Ularning hammasi oila a’zolari bilan birgalikda Rossiyaga ko‘chib o‘tishni istashadi.

Rossiyaga ko‘chib ketish borasida ariza topshirgan har to‘rt kishining bittasiga ko‘chib o‘tish uchun ruxsat beriladi, qolganlar esa dastur talablariga javob bera olmaydi: ya’ni ular yetarlicha rus tilini bilishmaydi yoki oliy ta’lim olmagan va ish tajribasiga ega emas. Ayrimlarga boshqa sabablarga ko‘ra rad javobi beriladi: ular shunchaki Rossiya fuqaroligini olmoqchi xolos, Rossiyada yashash va ishlamoqchi emas.

Rossiya FMXning Tojikistondagi vakolatxonasi rahbari Vyacheslav Markevichning aytishicha, “ko‘pchilik fuqarolar ko‘chib o‘tish dasturi asosida Rossiya fuqaroligini olmoqchi. Ammo “Sootechestvenniki” (Vatandoshlar) dasturining maqsadi boshqa. Biz Rossiya pasportini olib Rossiyaga borib keladiganlarni emas, balki butunlay Rossiyaga ko‘chib o‘tib, u yerda yashab va ishlaydigan odamlarni tanlab olamiz”, deydi Markevich.

Rossiya pasporti mehnat migrantlari uchun Rossiyada bo‘lgan vaqtlarida patent olishda bir qator qiyinchiliklardan qutilib qolishlari va bir qator imtiyozlardan foydalanishlari uchun kerak bo‘ladi. Shu bilan birga politsiya va migratsiya xizmati inspektorlari tomonidan bo‘ladigan “kuzatuvlardan” va maosh olayotganidagi ta’qiblardan qutilib qolishda foyda beradi.

Ko‘chib o‘tish dasturi asosida Rossiyaga kelishni istovchilar soni har yili 10-15 foizga ko‘paymoqda.

“Fuqarolar oqimi ko‘pligi bois ularni qabul qilish jadvalini o‘zgartirishga majbur bo‘ldik. Avgust oyidan boshlab fuqarolar ro‘yxatini tuza boshladik. Bu avvalgi ro‘yxatdan tashqari. Har oyda biz fuqarolardan 120 ta ariza olamiz”, - deydi Vyacheslav Markevich.

Rossiya Federatsiyasi ichki ishlar vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyada 1 mln 300 mingdan ortiq Tojikiston fuqarosi yashaydi.

344
O‘zA