O‘zbekiston Milliy axborot agentligi

04.09.2018 12:27 Chop etish versiyasi

Rimda qadimiy obida devorining bir qismi qulab tushdi

Rimda qadimiy obida devorining bir qismi qulab tushdi

Sayyohlar koʻz oʻngida qadimiy obida hisoblangan Rim anjumanlar saroyi devorining bir qismi qulab tushdi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti“ axborot agentligi.

Qadimiy devor shaharning Monte-Tarpeo koʻchasida joylashgan. Baxtsiz hodisa tufayli jabrlanganlar aniqlanmagan. Hududga politsiya, oʻt oʻchirish xizmati xodimlari jalb qilingan. Voqea sabablari oʻrganilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yaqinda avstriyalik yosh sayyoh Kolizeyning bir boʻlagini sindirib, “qimmatbaho esdalikni” sumkasiga yashirishga uringandi. Ushbu holat nazoratchilar eʼtiboridan chetda qolmagan.

Zuhra Mirzaboyeva, OʻzA