O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Rejep Erdo‘g‘on Turkiya Suriyada transchegaraviy amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi

Rejep Erdo‘g‘on Turkiya Suriyada transchegaraviy amaliyot o‘tkazishga haqli ekanini ma’lum qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning bayonotiga ko‘ra, ikki hukumat o‘rtasida 1998 yilda Adanada imzolangan bitim tufayli Anqara qo‘shini Suriyada “Tinchlik manbai” deb nomlangan transchegaraviy amaliyotni olib borishga haqli.

“Suriyaning havo hududidan foydalanish masalasiga kelsak, u Qo‘shma Shtatlarga tegishli emas. Bu xalqaro fazo, bu Suriyaning havo bo‘shlig‘i. U AQShga tegishli emasligi sababli, undan foydalanish masalasi Suriya Prezidenti Bashar al-Assad rejimi tomonidan hal qilinadi. Ular (AQSh) bu yerga (Suriyaga) rejimning taklifiga binoan kelmagan va biz Adanada bitim (Anqara va Damashq o‘rtasida imzolangan) bo‘yicha ish olib boryapmiz. Bu kelishuvga binoan, agar rejim Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi chora ko‘rmasa, unda bizning harbiy kuchlarimiz terrorchilarni ta’qib qiladi “, degan Turkiya rahbari Yeni Safak gazetasiga bergan intervyusida. 

Ma’lumot o‘rnida, 1980-1990 yillarda Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlar juda keskin kechgan. Bu davrda Anqara Damashqni Kurdiston Ishchilar partiyasini (KIP) qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab kelgan. 1998 yil oktabr oyida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda kuchli inqiroz kuzatilib, Turkiya Suriyaga 45 kunlik muddat beradi. Bu vaqt ichida mamlakat KIPning yordamidan butunlay voz kechadi. Xuddi shu yili Suriya hukumati KIP yetakchisi Abdulloh O‘jalanni mamlakatdan chiqarib yuboradi. 1998 yil 20 oktabrda ikki mamlakat hukumati vakillari o‘rtasidagi muzokaralar Adanada xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma protokol va kelishuv imzolanishi bilan yakunlangan. 

357
Malohat HUSANOVA, O‘zA