O‘zA O`zbek

04.10.2018 Chop etish versiyasi

Qurolli toʻqnashuvlarning ishtirokchilariga murojaat qilindi

Qurolli toʻqnashuvlarning ishtirokchilariga murojaat qilindi

BMT Xavfsizlik kengashi Kongodagi qurolli toʻqnashuvlarning ishtirokchilariga murojaat qilib, mamlakatdagi tibbiyot xodimlarining Ebola virusiga qarshi kurashiga sharoit yaratish uchun tomonlarni jangovar harakatlarni toʻxtatishga chaqirdi. 

“Associated Press“ xabarida Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan mamlakatning Uganda bilan chegara hududida kasallikka oid ikki holat qayd qilingani aytilgan.

Maʼlumot uchun, hozirda Kongoda etnik guruhlar oʻrtasida ziddiyat qurolli toʻqnashuvlarga sabab boʻlmoqda.

1 601
OʻzA