Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 15:59 Chop etish versiyasi

Qozog‘istonliklar 3 ming dona o‘qotar qurolni ixtiyoriy ravishda topshirdi

2017-yilning aprel oyidan dekabr oyiga qadar Qozog‘iston hududida aholidan noqonuniy ravishda saqlanayotgan o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni sotib olish bo‘yicha aksiya o‘tkazilgan.

Bu haqda “Kazinform” xalqaro axborot agentligi Qozog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligi departamenti boshlig‘i Almas Sadubayevga asoslanib xabar qildi.

Aksiya natijasida 2,1 ming kishi ichki ishlar idoralariga murojaat qilib, 3 ming dona o‘qotar qurol, 60 mingdan ortiq o‘q va 14 kilogramm portlovchi moddalarni ixtiyoriy ravishda topshirgan.

Sadubayevning ta’kidlashicha, mazkur tadbir 2012-yildan beri o‘tkazilib keladi. “O‘tgan besh yil mobaynida qurol-yaroq bilan bog‘liq jinoyatlarning 55 foizga qisqargani mazkur chora-tadbirlarning samadorligini ko‘rsatmoqda", qo‘shimcha qilgan u.

6 876