O‘zA O`zbek

08.07.2020 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonlik xaker kiberjinoyati uchun 20 yilga qamalishi mumkin

Qozogʻistonlik xaker kiberjinoyati uchun 20 yilga qamalishi mumkin

AQSH prokuraturasi Qozogʻiston fuqarosi Andrey Turchinni xakerlar guruhi tarkibida jahondagi oʻnlab kompaniyalar, taʼlim muassasalari va hukumatlarning tarmoqlarini buzganlikda aloqadorlikda aybladi.

Bu haqda AQSH adliya vazirligi oʻz saytida maʼlum qilgan.

Tergov versiyasiga koʻra, tarkibiga Turchin ham kirgan xakerlar guruhi aʼzolari oʻzlari hujum qiladigan tarmoqlarda tashkil qilgan yashirin forumlar orqali kiberjinoyatlarni amalga oshirishgan.

Bu jinoyatlar qiymati ming dollardan bir necha yuz ming dollargacha oʻzgarib turgan. Yetkazilgan zarar oʻn million dollarlarni tashkil qiladi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 37 yoshli Turchinga noqonuniy ravishda tarmoq va kompyuterlarga kirish bilan bogʻliq beshta punkt boʻyicha ayblov qoʻyilgan boʻlib, unga 20 yil qamoq jazosi berilishi mumkin.

2 165
O'zA