O‘zA O`zbek

06.06.2020 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonda zilzila kuzatildi

Qozogʻistonda zilzila kuzatildi

Qozogʻistonning Olma-Ota viloyatida bugun tongda roʻy bergan yer qimirlashi kuchi 6,2 ballga teng boʻldi. Shuningdek, tabiiy hodisa Toldiqoʻrgon viloyati markazi hamda janubiy poytaxt Olma-Ota shahri aholisini ham yaxshigina bezovta qilgan.

Favqulodda vaziyatlar mintaqaviy departamenti matbuot xizmati xabariga koʻra, qurbon boʻlganlar yoki jabrlanganlar yoʻq. Idora vakilining aytishicha, yer mahalliy vaqt bilan 06.10 da silkinishni boshlagan.

"Zilzila oʻchogʻi Olma-Ota shahridan 244 km shimoli-sharqda, Yeskeldi tumaniga qarashli togʻli hududda qayd etildi. Bu galgi tabiat hodisasining energetik sinfi 12.2, MPV magnitudasi 6.2 ballni koʻrsatdi", — deyiladi rasmiy xabarda.

Yer qimirlashiga sabab boʻlgan nuqta 25 kilometr chuqurlikda joylashgan.

2 286
OʻzA