O‘zA O`zbek

15.04.2019 11:21 Chop etish versiyasi

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga 24,8 million dollar ajratilishi mumkin

Qozog‘istonda prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga 24,8 million dollar ajratilishi mumkin

Qozog‘iston hukumati mamlakatda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazish uchun o‘z zaxirasidan 24,8 million dollar mablag‘ ajratishni rejalashtirgan.

RIA Novostining yozishicha, hukumat qarori loyihasida shu haqda aytiladi.

Avvalroq, Qozog‘iston moliya vaziri o‘rinbosari Berik Sholpankulov Markaziy saylov komissiyasi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarini o‘tkazishga 12 milliard tenge ( 32 million dollar atrofida) mablag‘ so‘raganini ma’lum qilgan edi.

Xabarda qayd etilishicha, qaror loyihasi ”Otkrыtыe NPA” saytiga jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yilgan. Hujjatga ko‘ra, ajratiladigan mablag‘ning 24,6 million dollari Markaziy saylov komissiyasiga, 150 ming dollari Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligiga taqsimlanadi.

O‘zA
487