O‘zA O`zbek

25.09.2020 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonda parranda grippi tarqalishi tufayli 18 ta aholi punktida karantin joriy etildi

Qozogʻistonda parranda grippi tarqalishi tufayli 18 ta aholi punktida karantin joriy etildi

Parranda grippi bois Shimoliy Qozogʻiston viloyatida yana yettita aholi punkti karantinga yopildi.

Qaraqamыs, Yekaterinovka, Arxangelsk, Krasnыy Yar, Presnovka, Nalobino va Belogradovka qishloqlariga kirish va chiqish taqiqlandi.

Shu tariqa sanitar blokpostlar oʻrnatilgan qishloqlar soni 18 taga yetdi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Qozogʻiston shimolida 108 mingta parranda nobud boʻldi. Ularda N5 grippining yuqori kopatogen virusi – parranda grippi aniqlandi.

1 843
O'zA