O‘zA O`zbek

05.11.2019 Chop etish versiyasi

Qozog‘istonda ortiqcha yoqilg‘i olish taqiqlandi

Qozog‘istonda ortiqcha yoqilg‘i olish taqiqlandi

Qozog‘istonda 2 noyabrdan boshlab avtomobil transporti orqali benzin va dizel yoqilg‘isi olib chiqilishini olti oy muddatga cheklandi. 

Bu kabi choralar ko‘rilishi Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, ichki ishlar vazirligi, shuningdek milliy xavfsizlik qo‘mitasining “Qozog‘iston Respublikasi hududlaridan neft mahsulotlarini olib chiqishdagi ayrim masalalar to‘g‘risida”gi qo‘shma buyrug‘ida ko‘rsatib o‘tilgan.

Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi tashqi iqtisodiy faoliyati Tovar Nomenklatura kodlariga kiruvchi 2709, 2710, 2902, 3403, 3811 kodli yoqilg‘ilar (to‘q neft mahsulotlari) taqiqlovga kiritildi. Bu Rossiya va boshqa mamlakatlar haydovchilari o‘z avtomobillarini yoqilg‘i bilan to‘ldirmaydi, degani emas (benzobaklarda yoqilg‘i olib chiqish mumkin). Biroq ularga 20 litrdan ortiq kanistrlarga va hajmi orttirilgan maxsus modernizatsiyalashgan benzobaklarga benzin olishlariga ruxsat berilmaydi. Shuningdek avtomobil transportida yoqilg‘i moylash materiallarining olib chiqilishi ham taqiqlandi.

2019 yil yozida Qozog‘iston rasmiylari chegara yaqinidagi rossiyalik haydovchilar arzon benzin olish uchun mamlakatga ommaviy tarzda kelayotganini bilib qolishdi, ma’lum bo‘lishicha Qozog‘istondagi Rossiyaga tegishli kompaniyalarga qarashli yoqilg‘i quyish shaxobchalarida ham benzin Rossiyaga nisbatan bir yarim barobar arzon ekan. Uzoq masofaga qatnovchi rossiyalik haydovchilarning so‘zlariga qaraganda, katta hajmli yuk avtomobillarining bakini yoqilg‘i bilan to‘ldirish 10 ming rublgacha arzonga tushar ekan.

Shundan keyin energetika vaziri Qanat Bozumbaevning aytishicha, arzon narx tufayli Qozog‘iston benzini narxlar ancha qimmat bo‘lgan Rossiya, O‘zbekiston va Qirg‘izistonga “oqib ketmoqda”. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayniqsa RF bilan chegarada Qozog‘istonga har kuni minglab yuk va yengil mashinalar kirmoqda. “Yengil mashinalar o‘nlab kanistrda yoqilg‘i olmoqda, yuk mashinalariga esa qo‘shimcha baklar o‘rnatilmoqda va bizning ming tonnalab benzin, dizel yoqilg‘imiz qo‘shni mamlakatlarga olib chiqilmoqda. Ya’ni, biz o‘zgalar iqtisodiyotiga subsidiya kirityapmiz“, deya bayonot bergan edi Bozumbaev.

371
O‘zA