O‘zA O`zbek

07.09.2018 12:58 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonda oʻzbek milliy taomlarining koʻrgazmasi oʻtkaziladi

Qozogʻistonda oʻzbek milliy taomlarining koʻrgazmasi oʻtkaziladi
Ertaga Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida oʻzbek va qozoq milliy taomlari koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Mahalliy vaqt bilan 12.00 dan boshlanib 19.00 gacha davom etadigan ushbu gastronomik tadbir Qozogʻistonda Oʻzbekiston yili munosabati bilan oʻtkazilmoqda.

“Kazinform”ning aniqlik kiritishicha, Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport vazirligi koʻmagida tashkil etilgan gastronomik tadbirning tantanali ochilishida Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi favqulodda va muxtor elchisi Saidikrom Niyozxoʻjayev ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbirda qozogʻistonlik va oʻzbekistonlik usta oshpazlarning mahorat darslarini oʻtkazish rejalashtirilgan. Mehmonlar esa ikki mamlakatning milliy taomlari, tandirda yopilgan non-patirlardan bahramand boʻlishi mumkin. Koʻrgazmaga konsert dasturi hamrohlik qiladi.

Malohat Husanova, OʻzA
13 654