O‘zA O`zbek

14.02.2019 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonda jurnalistlarni akkreditatsiya qilishda talabchanlik oshiriladi

Qozogʻistonda jurnalistlarni akkreditatsiya qilishda talabchanlik oshiriladi

Qozogʻistonda ommaviy tadbirlarni yorituvchi jurnalistlarni akkreditatsiya qilishda talabchanlik oshiriladi. Bu haqda informatsiya va kommunikatsiya vazirligining buyrugʻiga asoslanib “KazTAG” xabar beradi.

Hujjatga koʻra, endi bu faoliyat uchun jurnalist ariza, shaxsni tasdiqlovchi hujjat, guvohnoma nusxasini taqdim qilib, muvofiqlashtiruvchilar aytgan tartib-qoidalarga amal qilish boʻyicha yozma rozilik berishlari kerak boʻladi. Vazirlikning qarorida jurnalist akkreditatsiyasi rad qilinishiga asos boʻluvchi bandlar qatʼiy belgilangan.

765
OʻzA