O‘zA O`zbek

14.04.2020 Chop etish versiyasi

Qozogʻistonda favqulodda holat tartibi 1-maygacha uzaytirildi

Qozogʻistonda favqulodda holat tartibi 1-maygacha uzaytirildi

Kuni kecha Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda amalda boʻlgan favqulodda holat tartibini uzaytirish haqidagi Farmonni imzoladi, deb maʼlum qildi “Kazinform” axborot agentligi.

Farmonda aytilishicha, Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-martda eʼlon qilingan Farmoni bilan mamlakatning barcha hududida joriy qilingan favqulodda holat tartibi 2020-yil 1-maygacha uzaytiriladi.

Shuningdek, hujjatda Qozogʻiston Respublikasi hukumati markaziy va mahalliy davlat organlari bilan birgalikda ushbu Farmondan kelib chiqib, zarur choralarni qabul qilishi kerakligi ham taʼkidlangan.

1 351
OʻzA