O‘zA O`zbek

31.07.2019 09:50 Chop etish versiyasi

Qozogʻiston va Italiya uglevodorod qazib olish boʻyicha hamkorlik qiladi

Qozogʻiston va Italiya uglevodorod qazib olish boʻyicha hamkorlik qiladi

Qozogʻiston energetika vazirligining “KazMunayGaz” kompaniyasi hamda Italiyaning “Eni S.p.A.” kompaniyasi hamkorlikda Kaspiy dengizining qozoq sektoridagi “Abay” uchastkasida uglevodorod xomashyosi qidiruvi va qazib olinishi boʻyicha hamkorlik bitimini imzoladi.

Bu boradagi ikki tomonlama kelishuv iyun oyida boʻlib, tomonlar oʻzlariga tegishli majburiyat va ulushlar haqida fikr almashishgan. Mazkur loyiha har ikki kompaniya uchun manbalarni tadqiq qilish boʻyicha muhim ahamiyat kasb etadi.

OʻzA
514