O‘zA O`zbek

21.09.2020 Chop etish versiyasi

Qozogʻiston parlamentida xonandalarga oid yangi qonunlar muhokama qilinmoqda

Qozogʻiston parlamentida xonandalarga oid yangi qonunlar muhokama qilinmoqda

Qozogʻistonda xonandalar konsertdan avval tomoshabinlarni fonogramma borasida ogohlantirishlari va jonli ijrodagi konsertga nisbatan fonogrammali konsert dasturlari uchun chiptalar arzon sotilishi masalasi muhokama qilinmoqda.

Parlamentda shuningdek, anʼanaviy qozoq qoʻshiqlarini buzib talqin qilinishi va ularni zamonaviy uslubda ijro etilishi ham taqiqlanishi borasida taklif berildi.

Shu bilan birga sanʼatkorlarga konsertlarda oʻzlarini nooʻrin tutishlari, masalan deylik, sahnaga mast holda chiqish va tomoshabinlarni haqoratlashlari ham taqiqlanadi.

Bu qonunlarning hammasi Qozogʻiston parlamentining quyi palatasi tomonidan qabul qilindi, endi yuqori palata koʻrib chiqishi kerak.

Qozogʻiston artistlarining ish qoidalari qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi. Deputatlar uchun eng muhimi fonogrammaga qarshi kurash boʻldi.

2 572
O'zA