O‘zA O`zbek

17.02.2020 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston hukumati internetdagi uzilishlarni bartaraf etishga urinmoqda

Qozog‘iston hukumati internetdagi uzilishlarni bartaraf etishga urinmoqda

16 fevral, yakshanba kuni Qozog‘istonda ayrim axborot saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, “Youtube” platformasi va “Google” tarmog‘ida uzilishlar kuzatildi.

Foydalanuvchilar internet tezligining pastligidan shikoyat qilmoqda. Bir necha kundan beri “Telegram” tarmog‘iga kirish bilan bog‘liq muammo kuzatilmoqda.

Qozog‘iston prezidentining matbuot kotibi Berik Ualio‘zining “Facebook”dagi sahifasida Qosim-Jomart Toqaev barcha axborot manbalarining ishini tiklash yuzasidan topshiriq bergani borasida yozdi. Ayni damda prezident amaliy tashrif bilan Germaniyada bo‘lib turibdi.

Qozog‘istonda internet blokirovkasi, jumladan ijtimoiy tarmoqlarning blokirovkasi avvalgi yillarda asosan tungi vaqtlarda kuzatilgan edi. Qozog‘iston rasmiylari bu boradagi savollarga “texnik muammolar” deya javob bermoqda, deyiladi “almatv.kz“ portalida.

2 272
O‘zA