O‘zA O`zbek

11.10.2019 Chop etish versiyasi

Qozog‘iston: bolalar mitingga chiqqani uchun ota-onalar jazolanadi

Qozog‘iston: bolalar mitingga chiqqani uchun ota-onalar jazolanadi

Qozog‘iston parlamenti Senati deputatlari tomonidan voyaga yetmagan bolalar mitingga chiqqani uchun ota-onalarni jarimaga tortish yoki 10 kunga hibsga olish taklifi berildi. 
Taklif qilinayotgan jarima miqdori 100 ta oylik ko‘rsatkich hisobini (252 500 tenge, yoki amaldagi kurs bo‘yicha 647 AQSh dollarini) tashkil qiladi.

Bu boradagi norma Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurash masalalari bo‘yicha qo‘shimchalar loyihasiga kiritildi, deya kuni xabar berdi 10 oktabr kuni mahalliy OAV.

Amaldagi qonunlarga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ma’muriy huquq buzilishlarni sodir etsa jarima 50 ta oylik ko‘rsatkich hisobida belgilanadi. 


Taklif qilinayotgan norma izohlanar ekan, ruxsat berilmagan aksiyalar ishtirokchilari qatorida voyaga yetmagan bolalar ham ushlanayotgani ta’kidlanadi. Qo‘shimcha kiritish tashabbuskorlarining fikricha, voyaga yetmaganlarning norozilik aksiyalarida ishtiroki “voyaga yetmaganlarning jismoniy va ruhiy salomatliklari rivojlanishini” buzadi. 


Mamlakatda amal qiladigan qonunlar fuqarolarga miting o‘tkazish uchun mahalliy ijroiya idoralariga murojaat qilishlarini yuklaydi. Shu kabi o‘tkazilgan aksiyalar ruxsat berilmagan deya tan olinadi. 

1 494
O‘zA