O‘zA O`zbek

28.08.2018 15:20 Chop etish versiyasi

“Qotil robotlar” kerak emas

“Qotil robotlar” kerak emas
“Qotil robotlar endilikda ilmiy fantastika emas. Nishonni oʻzi tanlaydigan sunʻiy intellektga ega dronlar, avtomat toʻplarning paydo boʻlishi qurol-yarogʻ ishlab chiqarish sohasidagi texnologik yutuqlar mavjud xalqaro huquqlarning rivojlanishidan ancha ustunligini koʻrsatmoqda”, deya bayonot berdi huquq himoyachilari.

Amnesty International bu kabi bayonotni BMT shafeligida avtonom qurollar tizimi toʻgʻrisida oʻtkaziladigan muzokaralar avvalida berdi. Muzokaralar 27-avgust kuni Jenevada boshlandi. Muzokaralarda 75 mamlakat vakili ishtirok etishi kutilmoqda.

Muzokaralar yakunida yaqin yillarda toʻlaligicha oʻzini boshqaradigan robotlar paydo boʻlish-boʻlmasligi oydinlashadi. Bu kabi robotlar nishonni oʻzi tanlaydi va uni yoʻq qilish yoki qilmaslik borasidagi qarorni oʻzi chiqaradi. Huquq himoyachilari bu noqonuniy qotilliklarga, jarohatlarga va inson huquqlarining buzilishiga sabab boʻlishidan xavotirga tushmoqda.

OʻzA
3 122