O‘zA O`zbek

24.06.2020 Chop etish versiyasi

Qoratanli kino arboblari irqchilikka chek qoʻyishni talab qilmoqda

Qoratanli kino arboblari irqchilikka chek qoʻyishni talab qilmoqda

Uch yuzdan ziyod qoratanli kino arboblari Gollivuddan tizimli irqchilikka chek qoʻyishni talab qilmoqda.

Ular orasida Oktaviya Spenser, Viola Devis, Tessa Tompson, Kendrik Sempson, Chedvik Bouzman, Danay Gurira, Idris Elba va boshqa koʻplab taniqli kino ustalari, aktyorlar va prodyuserlar bor.

Gollivudning yetakchi vakillari afroamerikaliklarni toʻgʻridan-toʻgʻri va qisman jinoyatchi qilib koʻrsatishni bas qilishi lozim. Chunki ushbu nuqson tizimli irqchilik shaklini olib boʻlgan. Kuni kecha Variety jurnalida shu haqda ochiq maktub eʼlon qilindi.

Murojaatnomani Black Lives Matter (“Qoratanlilar hayoti ahamiyatga ega”) jamoatchilik-siyosiy harakati asoschilari hamda boshqa bir guruh faollar imzolagan. Ularning aytishicha, "Gollivudda va Ommaviy axborot vositalarida jinoyat bilan bogʻliq voqea namoyish qilinsa, albatta u yerda afroamerikalik koʻrsatiladi. Ular “oq tanlilarning ustunligi ragʻbatlantirilishida” AQSH kinosanoati ham qisman javobgar, demoqda.

Kinematografistlar Gollivudni ha deb politsiya hayotini olavermasdan mablagʻ va kuchlarini irqchilikka qarshi kontentga, afroamerikaliklarning ijodiga va qoratanlilar hamjamiyati haqida hikoya qiladigan kinoasarlarga sarflashga chaqirdi.

Black Lives Matter harakati Minneapolisda (Minnesota shtati) afroamerikalik Jorj Floydning oʻlimi ortidan ommaviy noroziliklar boshlangandan keyin jamoatchilik eʼtibori markaziga aylangan edi.

2 044
OʻzA